Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalar Koordinatori, BMT NJQKB Mintaqaviy vakilligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Xalqaro nodavlat tashkiloti «Mintaqaviy muloqot»i bilan hamkorlikda joriy yilning 9-14 dekabr kunlari Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan «Haftalik media marafon» rejalashtirilgan.
«Haftalik media marafon» doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatini hamda aholi orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan.
Tadbirlar diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
«Haftalik media marafon» doirasida:
- «Yoshlar korrupsiyaga qarshi» respublika ko‘rik tanlovi doirasida kollej (litsey) o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi (10 dekabr, «Yoshlar ijod saroyi»);
- «O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirishda xalqaro xamkorlik» mavzusidagi media brifing (10 dekabr kuni «Yoshlar ijod saroyi»da);
- «Aholi orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli» mavzusida seminar (11 dekabr kuni Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida);
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va Respublika idoralararo komissiyasi a’zolari uchun «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga qarshi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusida trening (12 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida);
- xalqaro ekspertlar ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda amalga oshirilgan korrupsiyaga qarshi islohotlar: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida xalqaro konferensiya (13 dekabr kuni «Interkontinental» mehmonxonasida);
- «O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda amalga oshirilgan korrupsiyaga qarshi islohotlar: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida media forum (14 dekabr kuni «Yoshlar» press-klubida);
- «Yoshlar korruptsiyaga qarshi» respublika ko‘rik tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi (14 dekabr kuni «Yoshlar» press-klubida) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlarda xalqaro ekspertlardan A.Timilsin (Singapur), A.Arutyunova (Singapur), I.Kotetishvili (Turkiya), Ya.Strelchenok (Latviya), K.Polikarski (Avstriya) va G.Klemenchichlar (Sloveniya) ishtirok etadi.
Manba