O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI HUZURIDAGI
EKSPERTLAR GURUHI TO‘G‘RISIDAGI
Ekspertlar guruhi o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi.
Ekspertlar guruhining asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli takliflarini ishlab chiqarishdan iborat.
Quyidagilar Ekspertlar guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi:
olib borilayotgan islohotlarni hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda bajarish mexanizmlarini amalga oshirishga amaliy ko‘maklashish;
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishini puxta tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kamchilik va muammolarni aniqlash;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va samarali ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish hamda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarida nazarda tutilganlarini, shuningdek, tegishli soha va tarmoqlarda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash;
tegishli xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni doimiy o‘rganish hamda o‘rganish natijalarini O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;
Agentlik faoliyatiga taalluqli sohada olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishini ta’minlashdagi dolzarb masalalar bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish;
korrupsiya holati to‘g‘risida Agentlik tomonidan tayyorlangan yillik hisobotlarni tayyorlash jarayonida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish doirasida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanilayotgan metodologiyalarga ekspert baholashni tashkillashtirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish rejalari, strategiyalari, shuningdek Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlarni mustaqil monitoring qilish va ularning ta’sirini baholashni tashkil etish;
fuqarolik jamiyati institutlari va biznes hamjamiyati bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, strategiyasi va chora-tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini monitoring qilish yuzasidan Agentlikka tavsiyalar berish;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasida boshqa muassasalar ilmiy-ekspert guruhlari ishtirokida jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish.