Joriy yilning 9 fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M. Marko Mantovanelli o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish soxasidagi islohotlarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga ko‘yish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida Jahon banki vakillari respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shu jumladan Agentlik faoliyatiga oid malumotlar bilan tanishtirildilar.
Jahon banki korrupsiyaga qarshi kurashishda eng asosiy tashkilotlardan biri hisoblanadi hamda ushbu illatga o‘zining ustuvor yo‘nalishlariga erishishda asosiy to‘siq sifatida qarashini qadrlaymiz, deya ta’kidladi Agentlik rahbari. – Xorijiy amaliyot o‘rganilganda Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki o‘z samarasini berayotganini guvohi bo‘ldik.
Ma’lumot uchun: Jahon banki Ukrainada daromadalar va mol-mulkni deklaratsiya qilish tizimini, Braziliyada Davlat xaridlari jarayonlarida potensial firibgarlikni aniqlashga qaratilgan, Keniyada sudlar va sudyalar faoliyatini kuzatib borishga (Data analytics) qaratilgan, Mo‘g‘ulistonda budjet mablag‘larining oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni joriy etishda ishtirok etgan.
Tomonlar o‘rta muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tegishli loyihalar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashib, joriy oy davomida Jahon banki tomonidan sohadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldilar.