Joriy yilning 16 fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda tomonlarning yaqin istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, majburiyatlar belgilab olindi.
Memorandum doirasida universitetda korrupsiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha alohida magistratura mutaxassisligini ochish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish, korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari yuzasidan sotsiologik, ilmiy hamda boshqa tadqiqotlarni tashkil etish kabi vazifalar o‘rin olgan.
Shu bilan birgalikda ushbu sohadagi yetakchi xorijiy OTM, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish, xorijiy mutaxassis va professor-o‘qituvchilarni universitet o‘quv jarayoniga jalb etish, korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish yuzasidan e’lon qilingan respublika, xalqaro hamda xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish, universitet tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish belgilangan.
Tomonlar memorandumda ko‘zda tutilgan vazifalarni hamkorlikda hayotga tatbiq etish uchun tegishli amaliy harakatlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.