Joriy yilning 17-fevral kuni fuqaro Y.R. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilib, o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “komplaens-nazorat” bo‘limi xodimi deb tanishtirgan D.M., undan tanishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 15000 AQSH dollari talab qilayotganligini bildirdi.
Mazkur arizani o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadbirlar davomida, fuqaro D.M.ning ta’magirlik harakatlari to‘liq tasdiqlandi.
Joriy yilning 26-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro D.M. kelishilgan 15000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.