O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 12-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, 9-12 mart kunlari Jizzax viloyati ichki ishlar organlari faoliyati o‘rganildi.
Tadbirlar davomida Agentlikning mas’ul xodimlari Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ham bo‘ldilar. Bundan tashqari aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, yurtimizda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Agentlikning bugungi kundagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.
Uchrashuvlar davomida so‘rovnomalar o‘tkazilib, ular bilan hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, profilaktika inspektorlari faoliyatiga munosabati, ularni qiynab kelayotgan muammolarning huquq-tartibot organlari tomonidan hal etilishi masalalalari hamda ular faoliyatida korrrupsion xavf-xatarlar mavjudligi to‘g‘risidagi fikrlari o‘rganildi.
O‘rganishlar boshqa viloyatlarda ham davom ettirilmoqda.