Avval xabar berganimizdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb etish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik standartlarini joriy etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan hududlarda turkum seminarlar tashkil etilmoqda.
Ushbu seminarlarnin navbatdagisi joriy yilning 27-may kuni Andijon, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida tashkil etildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
Seminarlar davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida joriy etilayotgan yangi amaliyotlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat tizimi, korrupsion hafv-xatarlarni baholash, davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashishlari uchun ularni tizimli ravishda o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalindi.
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish muhimligi alohida qayd etildi. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik “komplayens-nazorat” tizimi ana shunday mexanizm bo‘lib, ushbu tizimni turli vazirlik va idoralarda ham joriy etish boshlangani qayd etildi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida davlat organlarida axborot berish mexanizmlari takomillashtirilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Seminarlar o‘zaro muloqot hamda uning qatnashchilarining faol ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlar davom etmoqda.