Avval xabar berganimizdek, Agentlik direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva rahbarligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir Prezident farmoni, hududlardagi sog‘liqni saqlash muassasalarida “Korrupsiyasiz soha” yo‘l xaritasining ijrosi va boshqa masalalar yuzasidan o‘rganishlar bilan Namangan viloyatida bo‘lib turibdi.
Mazkur tadbirlar joriy yilning 7 iyul kuni viloyatning Chust tumani, shuningdek, Namangan shahrida davom ettirildi.
Kunning birinchi yarmida ishchi guruhning Chust tumani fuqarolari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida viloyat va tuman mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan o‘tkazilib, ular tomonidan kutarilgan muammolar savollarga javoblar berildi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat markaziy shifoxonasi va oilaviy poliklinikalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ijrosi o‘rganildi.
Ishchi guruh tomonidan viloyatda o‘rganishlar davom etmoqda. Tadbirlarning 3 kunida “Davlatobod” tumanida “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi yuzasidan bajarilgan ishlar o‘rganib chiqilishi xamda Kosonsoy tumanida obod maxalla va obod kishlok dasturlari doirasidagi ishlar o‘rganilishi rejalashtirilgan.