Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni hamda boshqa dasturiy hujjatlarning ijrosini o‘rganish maqsadida Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.
Shunday o‘rganishlardan biri joriy yilning 6-7 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi.
Tadbirlar Vazirlar Kengashi katta majlislar zalida Agentlik va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan barcha davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tuman (shaxar)lar xalq deputatlar kengashlari vakillari ishtirokida amaliy seminar bilan boshlandi.
Shuningdek, Agentlik mas’ul xodimlari tomonidan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Amudaryo tuman tibbiyot bo‘limining korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida tibbiy muassasalar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, moddiy-texnika bazasi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar, bepul xizmatdan foydalanish darajasi, axborot texnologiyalarini joriy etish xolati, dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, tibbiy muassasalarning joriy xolati, tizimda korrupsiya xolatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Mazkur so‘rovnoma natijalari tibbiyot muassasalarida mavjud korrupsiya bilan bog‘liq muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi.