O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-yanvar kuni Agentlik huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan edi.
Bugungi kunga qadar ushbu kengash faoliyati davomida 10 dan ortiq yig‘ilishlar tashkil etib, Agentlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berib kelmoqda.
Shuningdek, Kengash a’zolari Agentlik tomonidan tashkil etib kelinayotgan forum, anjuman, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.
Ushbu Kengashning bugungi kunga qadar olib borgan faoliyatini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 14 iyul kuni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va BMTning Venadagi ofisi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Agentlik direktori Akmal Burxanov, BMT GJBning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal, BMTning Venadagi ofisi Fuqarolik jamiyati bo‘linmasi rahbari Mirella Dammar va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda BMTning Venadagi ofisi Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatini jalb qilish masalalari bo‘yicha eksperti Juliya Keytgen tomonidan Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining faoliyati yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari, xulosa va takliflar aytib o‘tildi.