4 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi vakili BMT Taraqqiyot Dasturi Global bilim almashinuvi Seul siyosat markazi va BMT TDning “Tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi” tomonidan tashkil etilgan "Korrupsiyani oldini olishning samarali mexanizmlari: Koreya va BMT TD hamkorlari tajribasidan olingan saboqlar" xalqaro vebinarida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Vebinarning maqsadi - korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalarini joriy etish va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha global tajribaga asoslangan BMT TDning USPC va ACPIS loyihalari hamkor davlatlari o‘rtasida tajriba va bilim almashishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tadbirda xususan, Koreyaning "Korrupsiyaga qarshi tashabbusni baholash" mexanizmini amalga oshirish tajribasi muhokama qilindi. Agentlik vakili Koreya tajribasi asosida O‘zbekistondagi BMT TD dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan "O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini baholash tizimi" loyihasi bo‘yicha taqdimot qildi.
Shuningdek, BMT TD global dasturining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ekspertlari korrupsiyaning oldini olishning samarali mexanizmlari haqida o‘z tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.