Korrupsiyasiz O‘zbekistonni barpo etish – bizning bosh maqsadimiz!
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi hamda Bosh prokuratura tomonidan tashkil etilayotgan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz!” tanlovi barchani shu maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi!
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
–Eng yaxshi ijtimoiy videorolik;
– Eng yaxshi maqola (blog,post) muallifi;
– Dasturiy mahsulot (veb-sayt, mobil ilova) yaratish bo‘yicha eng yaxshi konsepsiya, g‘oya;
– Eng yaxshi ijtimoiy rolik ssenariysi;
– Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga oid eng yaxshi tahliliy ma’lumotnoma va innovatsion g‘oyalar.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod o‘z ijodiy materiallarini quyidagi ariza shaklini to‘ldirish orqali o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida jo‘natishi mumkin.
Tanlov uchun ishlar 2021-yil 9-30-noyabr kunlari oralig‘ida qabul qilinadi.
Tanlov natijalari “9-dekabr — xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Tanlov hamkorlari BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi kordinatori, Mintaqaviy muloqot XNNT hisoblanadi.
Tanlov shartlari va talablari bilan tanlov Nizomida to‘liq tanishishingiz mumkin.
Tanlovning o‘tkazilishiga oid ma’lumotlar bilan www.anticorruption.uz sayti va agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (https://t.me/antikor_uzb, https://www.fb.com/anticorruptionUzb) orqali tanishib boring.
Murojaat uchun telefon: 71 202-04-02 (421, 401).