Joriy yilning 11 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Avvalroq, Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv 23 sentabr kuni tashkil etilgan edi.
Mazkur muloqotdan ko‘zlangan maqsad Agentlik va Osiyo Taraqqiyot Banki o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish va bank tomonidan taklif etilayotgan Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha II bosqich dasturining ko‘lami va tuzilishini muhokama qilishga qaratilgan.
Tadbir davomida Agentlik va Osiyo Taraqqiyot Banki o‘rtasidagi loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator tashabbuslar muhokama etildi, shuningdek bo‘lajak loyihaning dastlabki siyosiy chora-tadbirlari matritsasiga kiritilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish va aloqalarni yanada mustahkamlash, qolaversa, tadbir davomida ilgari surilgan taklif va masalalarni ishchi tartibda ko‘rib chiqishda muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar.