Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari diqqatiga!
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-81-son qaroriga asosan davlat organlarining korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha faoliyati samaradorligi baholashdan oʼtkazilmoqda.
Mazkur jarayonlarning xolisligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhini shakllantirish rejalashtirilgan.
Ekspertlar qoida tariqasida quyidagi talablarga javob berishi kerak:
➖Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlish;
➖oliy maʼlumotga ega boʼlish;
➖mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʼlish;
➖korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim va koʼnikmalarga ega boʼlish.
Ekspertlar guruhi Аgentlik direktori buyrugʼiga asosan 9 kishidan iborat tarkibda shakllantirilib, guruhning kamida 3 nafar aʼzosi guruh ishida ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tanlab olinadi.
Shunga koʼra, ushbu ekspertlar guruhi ishida ishtirok etish istagini bildirsangiz, ilova qilinayotgan arizani toʼldirib, 2022 yil 22 aprelga qadar info@anticorruption.uz elektron pochta manziliga bu haqda xabar berishingizni soʼraymiz.