Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yilning 1-5-mart kunlari Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimidagi ma’naviy muhit xodimlar bilan ishlash, shuningdek tizimda korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarning mavjudligi yuzasidan fikrlarini o‘rganish maqsadida Buxoro va Kogon shahar IIOFMB, Buxoro, Qorovulbozor, Vobkent, Shofirkon hamda G‘ijduvon tumani IIB xodimlari o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalarida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihon topshirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek xorijga chiqish va ID-kartalarni rasmiylashtirish jarayonlari bilan tanishildi. Mazkur jarayonlarda korrupsion xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida Buxoro va Kogon shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bilan hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, profilaktika inspektorlari faoliyatiga munosabati, ularni qiynab kelayotgan muammolarning huquq-tartibot organlari tomonidan hal etilishi masalalalari hamda ular faoliyatida korrrupsion xavf-xatarlar mavjudligi to‘g‘risidagi fikrlari o‘rganildi.
O‘rganishlar boshqa viloyatlarda ham davom ettirilmoqda.