Joriy yilning 12-mart kuni Oliy Majlis Senatining yig‘ilishida Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.
Avval xabar berganimizdek, mazkur Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ochiq va shaffof, samarali hamda yaxlit tizimni yaratishdan iboratdir.
Qonunning yangi tahririga bugungi kunda ko‘plab huquqiy bo‘shliq tufayli yuzaga kelayotgan masalalarga barham berish maqsadida quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
Yana bir ahamiyatli jihati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini vakolati doirasida amalga oshiruvchi tashkilotlardan biri etib belgilandi.
Shu bilan birga qanday hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkinligi aniq mezonlar bilan belgilab qo‘yilmoqda;
Qonunning hayotga tatbiq etilishi amalda bir-biriga zid bo‘lgan qonunchilik talablariga barham beribgina qolmay, xaridlar shaffofligini ta’minlaydi hamda tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun ham qulaylik yaratadi.