Joriy yilning 17-mart kuni Kadastr agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelajakdagi rejalar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir videoselektor shaklida tashkil etildi va Kadastr agentligi tizimidagi barcha hududiy boshqarma va tuman (shahar) rahbar hamda xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Atabek Allaberganov sohadagi barchani korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga chaqirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligi mas’ul xodimi Bekzod Rahmonov videselektorda ishtirok etib, bugungi kunda respublikamizda korrupsiyani oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari, kelajakdagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Videoselektor yakunida jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha rahbar va xodimlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Kadastr agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzilgandi. Unda kadastr tizimi xodimlarining korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikda qator choralar ko‘rilishi belgilangan.