“Toshkent markazida ma’muriy binoni rekonstruksiya qilish va avtoturargoh qurishga 431,5 mlrd. so‘m sarflanadi” nomli maqola “gazeta.uz” nashrida e’lon qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qurilish, davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash va boshqa korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda doimiy ravishda manfaatlar to‘qnashuvi holatlari monitoringi olib borilmoqda.
Jumladan, 2021 yilda Andijon, Jizzax, Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazilgani holda aniqlangan qonun buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida viloyat hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.
O‘rganish natijalari ko‘rsatishicha amaldagi qonunchilikda manfaatlar to‘qnashuvi normativ-huquqiy jihatdan to‘liq tartibga solinmaganligi, huquqiy bo‘shliqlar mavjudligi, javobgarlik masalalari belgilanmaganligi ushbu holatlarning hanuzgacha saqlanib qolishiga asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda.
Shunga ko‘ra, xozirda Agentlik tomonidan manfaatlar to‘qnashuviga doir masalalar yuzasidan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.