O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga kurashish Agentligi tomonidan “Muxbir Daliyev” telegram kanali orqali e’lon qilingan “Qurilishdagi korrupsion omillar – 2” posti e’lon qilingan.
Postda “Milano Biznes Servis” MCHJ Andijon shahridagi 30-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda tanlov komissiyasining 279-son bayoni bilan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga zid ravishda g‘olib deb etirof etilib, mazkur ob’ektni 3 mlrd 107 mln so‘mga bajaradigan bo‘lishgani, ammo tanlovda 2-o‘rin olgan “Raxmonjon kelajak davroni” XK qurilishni 3 mlrd 105 mln so‘mga bajarish bo‘yicha taklif kiritgani ta’kidlangan.
Agentlik tomonidan maqolada ko‘rsatilgan holatlar o‘rganilayotgani ma’lum qilinadi.