Ma’lumki, ochiqlik va shaffoflik ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish institutlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Shu bois ham, 2017 yildan boshlangan ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida Agentlik tomonidan hududlarda turkum seminarlar tashkil etilmoqda.
Seminarlarning navbatdagisi joriy yilning 6 iyul kuni Namangan shahrida tashkil etilib, unda Agentlik direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva, viloyat hokimining o‘rinbosari Shuxrat Musayev hamda Agentlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning ahamiyati, bu borada qabul qilingan Prezident farmonining mazmun-mohiyati hamda uning Namangan viloyati misolida ijrosi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.