Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning 6 iyul kuni “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari, xodimlarning xabardorlik darajasi va bemorlarning bu boradagi fikr-mulohazalari o‘rganishlar boshlandi.
Xususan, markazda bepul va pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi hamda joriy holati, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasidagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Ushbu so‘rovnoma natijalari tibbiyot muassasasida mavjud korrupsiya bilan bog‘liq muammolarni aniklash, ularni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Shuningdek, markazda davolanayotgan bemorlar va xodimlar bilan korrupsiyaning oldini olish, jamoada sog‘lom va shaffof muhit yaratish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, respublikamizda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan yangi amaliyotlar, qonunchilikdagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarini o‘rganish ishlari reja asosida davom etmoqda.