Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh vakillari joylarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturini amalga oshirishda budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi hamda boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, 13-14 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining Koson, Kasbi va Kitob tumanlarida bo‘lib, dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishdi.
Xususan, o‘rganishlarda ushbu tumanlardagi dasturga kirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlarning bugungi kundagi holati hamda sifatiga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va kutilayotgan natijalarga erishishdagi mavjud muammolar to‘g‘risida tuman mas’ullarining hisobotlari tinglandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’sullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.