Agentlik delegatsiyasi vakillari Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamiyati (IRZ) vakili hamda Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti kuzatuv kengashi a’zosi Angela Reytmayer bilan uchrashdilar.
Delegatsiya rahbari xorijiy hamkasblarga O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, mazkur sohaga nodavlat sektor vakillarini keng jalb etish, shuningdek mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, A.Reytmayer O‘zbekistonda sohaga oid islohotlarni e’tirof etib, delegatsiya a’zolarini uchrashuv kun tartibiga ko‘ra, Germaniya tajribasi bilan tanishtirdi hamda O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va unga xalqaro standartlarni keng joriy etishda IRZ ekspertlari ko‘magida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.