Joriy yilning 19 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi vakillari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida IHTT korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi monitoringining 5-raundini o‘tkazish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, IHTTning Xalqaro biznes operatsiyalarini amalga oshirishda chet ellik mansabdor shaxslarning poraxo‘rlikka chek qo‘yish to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi masalasini o‘rganishda ekspertlik yordamini ko‘rsatish taklifi muhokama qilindi.
Muloqotlarda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengaytirilayotganiga alohida urg‘u berildi. Ma’lum qilinishicha, IHTT tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning 2-bosqichiga start berilmoqda va mazkur loyihaga Agentlikning benefitsiar sifatida qo‘shilishi ko‘rib chiqiladi.