Kuni kecha bo‘lib o‘tgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha Toshkent forumi" doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi.
Xususan, Agentlik direktori A.Burxanov Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi direktori A.Novikov bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda o‘zaro tajriba almashish, sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Muzokara yakunida hamkorlik doirasida ekspertlarni jalb qilish, qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.