Praga shahrida YeXHT 28-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy yig‘ilishi "Innovasiyalarni qo‘llash, shaffoflikni oshirish va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali YeXHT mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash" mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov videokonferensiya shaklida O‘zbekistondan bosh ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Jumladan, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan asosiy islohotlar va O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasidagi samarali chora-tadbirlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatining maqsadlari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyatini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi samarali o‘zaro aloqalarni tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
YeXHTning Iqtisodiy va atrof-muhit masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi, elchi Vuk Jugich “Dunyo” axborot agentligiga bergan interv'yusida YeXHT hududida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan tadbiring ahamiyatiga to‘xtaldi:
“Men ushbu forumda O‘zbekiston vakilining nutqini bosh ma'ruzachi sifatida qabul qilaman. Ma'ruzada korrupsiya illatiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekistonning ilg‘or tajribasi taqdim etildi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik davom etishiga umid qilaman.