O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi direktor boshchiligida COVID-19 ga qarshi vaksina bilan to‘liq emlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda 7 sentabr holatiga ko‘ra jami 15 697 086 doza vaksinadan foydalanildi va to‘liq emlangan fuqarolar 2 547 450 nafarni tashkil qilmoqda. Jahon bo‘yicha “COVID-19”ga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 5,5 mlrd dan oshdi.