Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Jamoatchilik kengashi aʼzolari, jurnalist hamda blogerlar uchun Agentlik faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi.
2022-yil 10-mart kuni boʻlib oʻtadigan mazkur matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita Agentlik rahbariyatidan javob olish imkoniyatga ega boʻladilar.
Tadbirda, shuningdek, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengash aʼzolari ham ishtirok etadi.
Maqsad Agentlikning 2021-yildagi faoliyati natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.
Tadbir soat 15:00 da Agentlik majlislar zalida boshlanadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun 10-mart kuni soat 10:00 ga qadar ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/1NU7XDt0zsNEEDwd4ddo5V27BjSiwOilagEXc7ZkUv0c/edit) orqali roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.
Murojaat uchun: 71 2020402 (420/421)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati