Bugun, 4-avgust kuni Oliy Majlis Senatining yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshlaydi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanovning Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy ma’ruza boʻyicha axboroti eshitiladi.
Yalpi majlis soat 10:00 da videokonferensaloqa shaklida boshlanadi.
Jarayonlar Senatning YouTube (https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ) tarmogʻidagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati