Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi 20-21-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlari birinchi rahbariy yig‘ilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakatda bo‘lib turibdi.
Ushbu nufuzli tadbirda IHTga aʼzo-davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarining korrupsiyaga qarshi hamkorlik to‘g‘risidagi Makka konvensiyasining qo‘llash doirasini yanada kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi delegatsiya tarkibida tadbir jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati