Korrupsiyaga qarshi ekspertiza
24 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 15 tasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgan ochiq tanlovlar
· “O‘zbekgeologiya qidiruv” AJda;
· Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda;
·“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKda.
·Qishloq xo‘jaligi vazirligida.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatining samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar
▪️17 aprel
“O‘ztransgaz” AJda;
▪️18 aprel
“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJda;
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlari uchun
▪️18 aprel
“Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligi: 2022 yil natijalari tahlili va 2023 yilga mo‘ljallangan istiqboldagi rejalar” mavzusida (onlayn) o‘quv-seminar
Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi yuzasidan
– vazirlik idoralarga 12 ta (14,1 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;
– davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 8 ta (35 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma;
– huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta (5,5 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.
Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida
Jami 231 ta (shundan 6 tasi Call markaz orqali) murojaatdan:
-189 tasi ko‘rib chiqilgan (42 tasi ko‘rib chiqilmoqda)
- 1 tasi ijobiy hal etilgan;
- 51 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan;
- 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;
- 4 tasi anonim deb topilgan;
- 129 tasi vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.
Eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan soha va yo‘nalishlar
- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 23 ta (10,0%);
- sud qarorlaridan noroziliklar bo‘yicha 20 ta (8,7%);
- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 19 ta (8,2%);
- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 18 ta (7,8%);
- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 16 ta (6,9%);
- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 15 ta (6,5%), v.b.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash
Ochiqlik indeksida “qizil” (15 ta) va “sariq” (44 ta) toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi faoliyatini yana-da yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar va chora-tadbir rejalari loyihalari ishlab chiqildi.
2022-yil davomida xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati tahlil qilindi.
Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati
▪️ 11-12 aprel
Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlarining korrupsiya masalalariga oid jurnalist surishtiruvini o‘tkazish bo‘yicha salohiyatini oshirish” mavzusida trening;
▪️ 20 aprel
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholash natijalari” to‘g‘risida seminar;
▪️ 20-aprel
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi.
Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar
▪️ 5-aprel
Agentlik vakillari hamda Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” dasturining “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va ochiqlikka ko‘maklashish” loyihasi yangi rahbari Yusel Erduran bilan mazkur dastur doirasida 2023-yil davomida amalga oshiriladigan maqsadli yo‘nalishlarni belgilash hamda yaqin hamkorlik olib borish yuzasidan;
▪️ 6-aprel
Agentlik direktori hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari v.b. Xans-Ulrix Im o‘rtasida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokamasi bo‘yicha;
▪️ 18-aprel
Agentlik va BMT TD Istanbul mintaqaviy markazi missiyasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda maʼmuriy va davlat xizmatidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda yaqin hamkorlik o‘rnatish masalasida;
▪️ 25-aprel
Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi” doirasida qabul qilinadigan Islohotlar matritsasining bajarish jarayonining muhokamasi yuzasidan;
▪️ 29-aprel
Agentlik rahbariyati va Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha.
Xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan xizmat safarlari
17-20 aprel
Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Estoniya va Finlyandiyaga xizmat safari amalga oshirildi.
OAV hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar
110 marotabadan ortiq. Shundan:
▪️ televideniyeda 7 ta lavha va reportaj;
▪️ Agentlikning rasmiy veb-saytida 32 ta;
▪️ internet nashrlarida 70 ta material e'lon qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati