2019 yil 21-23 avgust kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash» loyihasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “2030 yilgacha bo‘lgan davrda Global rivojlanish kun tartibi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Bu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturining Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Global loyihasi (ACPIS) doirasida tashkil qilindi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Oliy sud, Biznes-ombudsmen, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari hamda davlat organlarining idoraviy muvofiqlashtiruvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda xalqaro ekspertlar sifatida BMT Taraqqiyot Dasturining korrupsiyaga qarshi kurashish Global Dasturining maslahatchisi Anga Timilsin, BMT Taraqqiyot Dasturining Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Global loyihasi (ACPIS) rahbari Aida Arutyunova va BMT Taraqqiyot Dasturining korrupsiyaga qarshi kurashish Global Dasturi bo‘yicha tadqiqotlar sohasi tahlilchisi Sharlin Lui ma’ruza bilan chiqish qilishdi.
Uch kun davom etgan trening 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Global rivojlanish kun tartibi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshirishga yagona yondashuv zarurligi masalalarini muhokama qilish imkoniyatini berdi.
Tajriba almashish bilan bir qatorda, xalqaro ekspertlar va mahalliy ishtirokchilar o‘z bilim va malakalari bo‘yicha ish olib bordilar, jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Global rivojlanish kun tartibi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib boriladigan ishlar hisoboti va samarali monitoringiga aloqador ko‘nikmalarga, shuningdek barqaror rivojlanish milliy strategiyalari doirasida korrupsiyaga qarshi integratsiya maqsadida sog‘liqni saqlash, ta’lim, qurilish va davlat xaridlari tizimida korruptsiya xavflarini aniqlash malakalariga ega bo‘lishdi.