Joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi a’zosi bo‘lgan Oliy Majlis, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Biznes-Ombudsman vakillari Tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha BMTning Taraqqiyot dasturi Global loyihasi (ACPIS), BMTTDning Shimoliy ofisi va BMTTDning Oslo shahrida joylashgan boshqaruv markazi ko‘magida Norvegiya va Daniya davlatlariga o‘quv-tanishuv safari bilan tashrif buyurishdi.
Safar davomida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Norvegiyaning Ombudsman instituti, BMTTD Oslo boshqaruv markazi, Transparency International, Tashqi ishlar vazirligi, Taraqqiyot bo‘yicha hamorlik agentligi (NORAD), Bosh auditorlik idorasi, Tashabbuslarni rivojlashtirish (INTOSAI), Adliya vazirligi, DNB bank, Qazib olish tarmoqlarida shaffoflik tashabbuslari, Daniyaning Tashqi ishlar vazirligi, BMTTDning Daniyadagi Shimoliy idorasi, Modernizatsiya agentligi, Raqamli texnologiyalar agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha instituti vakillari bilan uchrashdi.
Ishtirokchilar ushbu tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borayotgan siyosati, asosiy vazifalari va amalga oshirilayotgan loyihalari bilan tanishdi.
Safar yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan Norvegiya va Daniya davlatlarining ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston Respublikasida joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlandi.