Joriy yilning 26 avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ishga qabul qilish uchun e'lon qilingan konkursning test sinovlari bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda nomzodlarning qonunchilikka oid, xususan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari, siyosiy savodxonligi, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlari baholandi.
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida va hududlarda bir vaqtning o‘zida tashkil etildi. Saralash bosiqichining shaffof va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida jamoat tashkilotlari vakillari jarayonlarni bevosita kuzatib bordilar. Shuningdek, keng jamoatchilik uchun Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya tashkil etildi.
Nomzodlarga 50 ta savol taqdim etilib, har bir to‘g‘ri javob 2 balldan baholandi. Test variantlari mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan savollar bazasidan tasodifiylik tamoyili asosida avtomatik ravishda generatsiya qilindi. Yakunda nomzodga jami to‘plagan bali to‘g‘risida ma'lumot shu vaqtning o‘zida taqdim etildi.
E'tiborlisi, konkurs komissiyasi qaroriga ko‘ra, test sinovlaridan o‘tish bali (100 ballik tizimda) — 65 balldan yuqori etib belgilangandi. Biroq, konkurs komissiyasi yakuniy natijalarni tahlil qilib, belgilangan talabni respublika bo‘yicha kam sonli nomzodlar bajara olganini inobatga olib, keyingi bosqichga o‘tish ballini 55 ball va undan yuqori deb belgilashga qaror qildi.
Natijada respublika bo‘yicha quyidagi nomzodlar konkursning keyingi — psixologik test va psixofiziologik ko‘rikdan o‘tkazish bosqichiga o‘tkazildi:
Psixologik test va psixofiziologik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi har bir nomzodga alohida tushuntiriladi.