1992-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi eng asosiy hujjat hisoblanadi. Asosiy qonunimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekiston xalqini Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.