O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Agentlik direktori joriy yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingani va ushbu yilni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan Davlat dasturida belgilangan vazifalar yoshlarga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘lganini e’tirof etdi. Bundan tashqari so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va uning funksiyalari to‘g‘risida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Ma’ruzachi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jamoatchilik nazoratining o‘rni muhimligi, akademik litsey o‘quvchilari ham bo‘lg‘usi huquq himoyachisi sifatida bu jarayonlarda faol ishtirok etishlari lozimligiga etibor karatildi.
Uchrashuvda litsey o‘quvchilarining yoshlarlarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlik kayfiyatini singdirish bo‘yicha bergan takliflari ham muhokama qilindi.