Namangan viloyati hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan B.M. va viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori D.M. o‘zaro yaqin qarindosh bo‘la turib, aynan bir masala muhokama qilingan tenderda ishtirok etishganligi to‘g‘risidagi xabar telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarda e’lon qilindi.
Xabarda ko‘rsatilgan holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida Agentlik tomonidan Namangan viloyat hokimligiga so‘rov xati yuborildi.
Bundan tashqari “Ohangaranshifer” OAJ xodimlarining Ohangaron shahar iqtisodiy sudining 2020 yil 6 iyul kuni qarori bilan jamiyat bankrot deb topilganligi yuzasidan noroziligi haqida e’lon qilingan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi maqola o‘rganib chiqilib, sud qarori qonuniyligi va asosliligini tekshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga vakolati doirasida o‘rganib chiqishi uchun so‘rov yuborildi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.