O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi Farmoniga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bu borada xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 31 mart kuni Agentlik direktori A.Burxanov va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMT TD) O‘zbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska o‘rtasida onlayn ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, har ikki tashkilot o‘rtasida aloqalar samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘plab amaliy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. 2021-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida Agentlik hamda BMT TD o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun aniq vazifalarni belgilab olish hamda hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.