Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O‘zbekiston Brokerlar assotsiatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (hozirgi Turizm va sport vazirligi) tomonidan 2020-yil noyabr oyida “Cooperation.uz” elektron savdo maydonchasi orqali sport anjomlari va jihozlari xarid qilishda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganilgan.
Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida vazirlik mansabdor shaxslarning hatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga 2020-yil 23-dekabr kuni so‘rovnoma shaklida yuborilgan.
Mazkur hujjatlar yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, 2021-yil 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.