O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Bloger.uz” telegram kanalida “Olmaliq KMK” AJga ishga qabul qilish tizimidan norozi bo‘lib joylashtirilgan post o'rganilmoqda.
Murojaatda “Olmaliq KMK” AJning ichki nizomiga ko‘ra, fuqarolarni ishga qabul qilish jamiyatning rasmiy veb-saytiga e’lon joylashtirish hamda nomzodlarni imtihondan o‘tkazish orqali amalga oshirish belgilangan bo‘lsada, jamiyat ma’sul xodimlari tomonidan “yo‘llanma” orqali tanish-bilishlar ishga joylashtirilib kelinayotganligi to‘g‘risida bayon qilinib, holatni o‘rganish va qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJga korxonaning ichki hujjatlariga muvofiq fuqarolarni ishga qabul qilish tartibi hamda murojaatdagi vajlarga nisbatan munosabat bildirib, natijasi bo‘yicha batafsil ma’lumotni Agentlikka taqdim qilish yuzasidan so‘rov yuborildi.