kun.uz saytida “Mirishkor tuman obodonlashtirish bo‘limi hokimlikning «cho‘ntagi» bo‘lganmi? Tadbirkorga 332,45 mln. so‘mlik mahsulotning puli bir yildan beri to‘lab berilmayapti” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Unda, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamda «Nasaf Express Baraka Savdo» MCHJlar o‘rtasida 2020-yil 3-mart kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 65 mln. so‘mlik shartnomaga asosan xorij gilamlari, divan-kreslo, ikkita yotoqxona to‘plami, oshxona mebeli, ikki xil muzlatkich va televizor kabi jihozlar Mirishkor tumani prokurorining xizmat uyiga olib borilgani va boshqalar haqida bildirilgan.
Maqolada keltirilgan holatlarning haqqoniyligiga oydinlik kiritish maqsadida o‘rganish o‘tkazish va natijasi bo‘yicha Agentlikka ma’lum qilishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rov yuborildi. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga kurashish Agentligi tomonidan “Kun.uz” sayti orqali e’lon qilingan “432 mln so‘mlik taklif turganda 655 mln so‘mlik davlat xaridi. Yunusobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi” nomli maqola o‘rganilmoqda.
Agentlik tomonidan maqolada ko‘rsatilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tegishli idoralarga so‘rov xati yuborildi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha xabar beriladi.