repost.uz saytida e’lon qilingan «Все тендеры на сумму около 15 млрд сумов по асфальтированию дорог в Мирзо-Улугбекском районе выиграла одна и та же компания. Нарушен ли Закон «О конкуренции»?» maqola o‘rganib chiqildi.
Maqolada ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish davomida o‘tkazilgan tenderlar yuzasidan 2021-yil 17-may kuni M.Ulug‘bek tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga so‘rov yuborildi.
So‘rov bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasining 2021-yil 24-may kungi javobida, yuqoridagi maqola bo‘yicha hozirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o‘rganish o‘tkazib kelinayotganligi ma’lum qilingan.
Yuqoridagilarga asosan, maqolada qayd etilgan tenderlarining qonuniy o‘tkazilganligi hozirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o‘rganilayotganligi sababli, tegishli ma’lumotlarni Agentlikka taqdim qilish buyicha so‘rov yuborildi.