O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonining ijrosini tashkil etish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida joriy yilning 6 iyul kuni Navoiy viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Agentlik direktori "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Navoiy shahar va Karmana tumaniga tashrif buyurdi.
Shu kunning o‘zida Navoiy shahridagi tibbiyot muassasalarida bepul va pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi hamda joriy holati, zaruriy jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.