Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar biri sifatida bir qator sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalarning mantiqiy davomida sifatida joriy yilning
31 may kuni Agentlik tomonidan Namangan viloyatining Davlatobod tumanida “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi taqdimoti o‘tkazilgan edi.
Ma’lumot uchun:
Davlatobod tumani – Oliy Majlis Senatining 2020 yil 11 sentabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
Namangan shahri tarkibida yangidan tashkil etilgan tuman aholisi 140 ming kishini tashkil etadi. Hududida 25 ta mahalla fuqarolari yig‘ini, 33,8 ming xonadon, 421 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumta’lim maktabi, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 1280 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 698 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti, 429 ta sanoat korxonasi hamda 2 ta madaniy meros obekti mavjud.
Агентликнинг Наманган вилоятида бўлиб турган ишчи гуруҳи жорий йилнинг 8 июль куни “Коррупциясиз ҳудуд” лойиҳасини амалга ошириш бўйича “Йўл харитаси”нинг ижросини ўрганиш мақсадида янги ташкил этилган Давлатобод туманига ташриф буюрди.
Ташриф давомида, туман сектор раҳбарлари ҳамда мутасадди ташкилотларвакиллари иштирокида йиғилиш ўтказилиб, “Йўл харита”си доирасида жорий йилнинг биринчи ярим йиллиги давомида амалга оширилган ишлар тўғрисидаги ҳисоботлар эшитилди.
Тадбирда “Йўл харита”си доирасида туман мутасаддилари томонидан амалга оширилган ишлар ва йўл қўйилган камчиликлар муҳокама қилинди ҳамда уларни бартараф этиш юзасидан таклиф ва тавсиялар берилди.