Joriy yilning 13 iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etildiki, korrupsiyani qabul qilish indeksining manbasini tashkil qiluvchi 13 ta indeksning deyarli barchasida O‘zbekistonning barqaror o‘sishi kuzatilgan. Xususan, “Bertelsmann foundation transformation index”, “The economist intelligence unit country report” kabilar shular jumlasidandir.
O‘z navbatida Suma Chakrabarti mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda qabul qilinayotgan qaror hamda farmonlarni yukori baholab, o‘z fikrlarini bayon etdi:
-O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilgani muhim siyosiy ahamiyatga ega. Unga mustaqil tashkilot sifatida vakolatlar berilib, zarur huquqiy asoslar yaratilmoqda. O‘ylaymanki, Sizning olib borayotgan chora-tadbirlaringiz jamiyatda korrupsiyani kamaytirishda o‘z samarasini beradi.