Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmonida Agentlikka hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Agentlik rahbariyati hamda xalkaro ekspert Olga Shyan o‘rtasida 14-iyul kuni onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Olga Shyan xorijiy davlatlar tajribasi misolida korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzishni tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va tasviyalarini berib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida taraflar kelgusida ham korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini ishlab chiqish jarayonlarida va boshqa sohalarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.