Sloveniya tomoni Sloveniya Respublikasi Davlat boshqaruvi vazirligining vazifa va funksiyalari, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarining halollik prinsiplari asosida ish olib borishlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashdagi o‘rni haqida axborot berishdi.
Uchrashuvda shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatiga doir axborotni e’lon qilish talabi, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari so‘rovlariga javob berish muddati, bu talablarni bajarmagan davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, e’lon qilinishi cheklangan yoki chegaralangan axborotlar kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Vazirlik bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarining halollik prinsiplariga rioya etilishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish, onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda o‘quv-metodologik qo‘llab-quvvatlashga doir hamkorlik masalalari belgilab olindi.