Joriy yilning 20-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Xalq ta’limi vazirligi va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan maqsad - noyabr-dekabr oylarida xalqaro tashkilot ekspertlari ishtirokida hududlardagi maktablarda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlangan maxsus darslarni tashkil etish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida darslarni gibrid shaklda (oflayn va onlayn) tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida O‘zbekistonda Aksilkorrupsiya haftaligi tashkil etilib, uning doirasida turli seminarlar va davra suhbatlari hamda halollik va ochiqlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.