Joriy yilning 16 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ekspertlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, “Markaziy Osiyoda Fuqarolik jamiyatining samarali boshqaruvidagi o‘rnini yaxshilash” loyihasining keyingi bosqichi muhokama etildi.
Ma’lumot uchun: Mazkur loyiha Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatining faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki (YBRD) tomonidan moliyalashtiriladi.
Uchrashuv davomida Agentlik va boshqa davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, jamoatchilik kengashlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, xalqaro tashkilot vakillari Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar Jamoatchilik kengashining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.