“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusida telefon so‘rovi o‘tkazildi.
Mazkur so‘rov orqali korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati va shu kabi sohaga oid qator mavzular yuzasidan aholining xabardorlik darajasi o‘rganildi.
1-savol. Mamlakatimizda korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlik Siz uchun o‘tkir muammo hisoblanadimi?
• Yo‘q - 11,8 foiz
• Ha - 82,4 foiz
• Aytishim qiyin -5,8 foiz
2-savol. Jamiyatda korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlik qay darajada tarqalgan?
• Hamma joyda tarqalgan - 36,2 foiz
• Ayrim sohalarda tarqalgan -37,3 foiz
• Kam uchraydi - 15,6 foiz
• Aytishim qiyin – 10,9 foiz
•
3-savol. Siz mamlakatimizdagi korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashish bo‘yicha yangiliklarga va vaziyatga qiziqasizmi?
• Ha, qiziqaman, bu muammo haqida ma’lumotlarni OAVdan muntazam qidiraman - 62,0 foiz
• Ha, ko‘proq qiziqaman - 11,8 foiz
• Yo‘q,qiziqmayman -26,0 foiz
• Aytishim qiyin - 0,2 foiz
4-savol. OAV mamlakatimizdagi korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashishni yetarli darajada yoritayaptimi?
• Ha - 69,4 foiz
• Yo‘q - 27,9 foiz
• Aytishim qiyin - 2,7 foiz
5-savol. Siz korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlik, shuningdek, mamlakatimizda huquqqa zid bunday harakat turlariga qarshi kurashish haqidagi ma’lumotlarni qaysi OAVdan olasiz?
• O‘zbekiston telekanallari - 67,9 foiz
• Internet-resurslar - 58,9 foiz
• Xorijiy telekanallar -10,2 foiz
• O‘zbekiston davriy matbuoti - 3,9 foiz
• Qarindoshlar, do‘stlar - 2,1 foiz
• O‘zbekiston radiostansiyalari -1,8 foiz
6-savol.Sizningcha, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish qanchalik darajada muvaffaqiyatli olib borilayapti?
• Yetarli darajada muvaffaqiyatli - 42,7 foiz
• Muvaffaqiyatli, ammo barcha sohalarda emas -31,6 foiz
• Yetarli darajada muvaffaqiyatli emas va kam samarali - 19,1 foiz
• Aytishim qiyin - 6,6 foiz
7-savol. Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati haqida xabardormisiz?
• Ha - 44,1 foiz
• Yo‘q - 40,8 foiz
• Nimadir eshitganman -15,1 foiz
8-savol. Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati haqida qaysi OAV manbalaridan bilib oldingiz?
• O‘zbekiston telekanallari - 71,6 foiz
• Internet-resurslar - 33,1 foiz
• O‘zbekiston radiostansiyalari - 4,6 foiz
• O‘zbekiston davriy matbuoti - 5,5 foiz
• Qarindoshlar, do‘stlar, qo‘shnilar - 3,7 foiz
• Yangiliklar saytlari - 8,3 foiz
• Aytishim qiyin - 0,9 foiz
• Javob berishdan bosh tortdi - 0,9 foiz
9-savol. Fikringizcha, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mamlakatimizda korrupsiya, ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashishni qanchalik darajada muvaffaqiyatli olib bormoqda?
• Yetarli darajada muvaffaqiyatli va samarali - 39,6 foiz
• Muvaffaqiyatli, ammo jamiyag va davlat hayotining barcha sohalarida emas -14,4 foiz
• Yetarli darajada muvaffaqiyatli emas va kam samarali- 12,4 foiz
• Mamlakat va jamiyat hayotining ayrim sohalaridagina muvaffaqiyatli -10,7 foiz
• Mutlaqo muvaffaqiyatsiz va samarasiz - 4,0 foiz
• Aytishim kiyin -18,9 foiz
10-savol. Mamlakatimizda korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik bilan bog‘liq vaziyatga shaxsan o‘z tajribangizda duch kelganmisiz?
• Ha - 19,7 foiz
• Yo‘q -79,6 foiz
• Javob berishdan bosh tortdi - 0,7 foiz
11-savol. Agar Siz o‘zingizga nisbatan korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, noqonuniy harakatlarning oldini olish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilasizmi?
• Ha - 87,3 foiz
• Yo‘q - 8,2 foiz
• Javob berishdan bosh tortdi - 4,4 foiz
12-savol. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ishonch darajasi?
• To‘liq ishonaman - 49,8 foiz
• Qisman ishonaman - 36,7 foiz
• Ishonmayman - 6,2 foiz
• Javob berishdan bosh tortdi - 7,3 foiz